Время работы с 9:00 до 18:00 понедельник - пятница

Bosh saxifaFaoliyat shartlariOmmaviy oferta

Ommaviy oferta

1. Atama va tavsiflar

Sotuvchi —  3395 Nostrand Ave, Brooklyn NY, 11229 USA manzilda ro’yhatdan o’tgan, tel raqami +1 (347) 696-1111, Xaridorlar buyurtmasiga binoan Tovarni Internet-do’konlardan masofadan turib sotib oluvchi hamda Tovarni kelgusida Xaridorga yuboruvchiOnline Trade Solutions, Inc. (AQSh).

Xaridor (Mijoz) – O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yhatidan o’tgan yuridik shaxs yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va yuridik salohiyatli jismoniy shaxs, yohud joriy soliqqa tortish davrida tugaydigan o’n ikki oylik muddat ichida bir yuz sakson va undan ko’proq vaqt mobaynida O’zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan jismoniy shaxs.

Axborot vositachisi – Toshkent shahar, Iftixor ko’chasi, 24-uy ( sobiq Polkovnik Xo’jayev ko’chasi) da ro’yhatdan o’tkazilgan, axborot vositachisi sanalgan, hamda Saytning vakili vazifasini bajarib, Sotuvchi va Xaridor o’rtasida Elektron hujjatlar  aylanmasini amalga oshiruvchi "Online Trade Solutions" MChJ.

Ofertа –Sotuvchining ma’lum shaxslar doirasiga qarata tovarlarni masofadan turib (distantsion) xarid qilish to’g’risidagi  chakana savdo shartnomasini (kelgusida - “Shartnoma”) tuzish haqidagi ommaviy taklifi. Bunda Shartnoma mazkur hujjatdagi va Sotuvchining saytidagi shartlar, hamda Internet-do’kon shartlari asosida tuziladi. 

Aksept – Sotuvchi tomonidan mazkur Ofertaning (Shartnoma) shartlariga to’liq va so’zsiz rozi ekanligi va qabul qilishi.

Masofadan turib (distantsion) xarid qilish to’g’risidagi  chakana savdo shartnomasi  (kelgusida – “Shartnoma”) –Xaridor Sotuvchi tomonidan taklif qilingan, Internet-do’kanlarda sotiladigan Tovar tavsifi bilan tanishib chiqqanidan so’ng tuziladigan, hamda Xaridor tomonidan to’gridan- to’g’ri ushbu Tovar bilan tanishib chiqish imkonini bermaydigan chakana savdo shartnomasi.

Shartnoma Tomonlari — Sotuvchi va/yoki Xaridor.

Buyurtma -  Xaridor tomonidan tanlangan Tovar, uning narxi, yetkazib berish manzili, Xaridorning ismi-sharifi yoki nomi, uning kontakt aloqa raqamlari va mazkur hujjat bilan belgilangan shakldagi boshqa ma’lumotlarni o’zida mujassamlantirgan elektron hujjat. 

Tovar (tovarlar) – Internet do’konlar tomonidan sotuvga qo’yiladigan va Xaridorning buyurtmasiga binoan Sotuvchi tomonidan masofadan turib (distantsion) sotib olinadigan va Xaridorga jo’natiladigan tovarlar.

Internet-do’kon(lar) –  Internet-do’konlar Kataloglarida kelturilgan, hamda AQSh hududida sotuvga qo’yilgan Tovarlarni taklif qiluvchi do’konlarning veb-saytlari. 

Internet-do’kon Katalogi – Saytda Sotuvchi tomonidan keltirilgan Internet-do’konlar ro’yxati. Ushbu do’konlarda Xaridor Tovarni tanlashi va unga buyurtma berishi mumkin.

Elektron hujjatlarni ayirboshlash– Axborot vositachisi tomonidan joriy etilgan, Sotuvchi, Xaridor va Operator/provayder o’rtasida Saytdan foydalanish jarayonida amalga oshirilgan elektron to’lovlar va/yoki pul o’tkazmalari to’g’risidagi hujjatlarni ayirboshlash tizimi.

Elektron hujjatlar –Buyurmalar, to’lovni amalga oshirish to’g’risidagi hisob, reklamatsiyalar, da’vo va talablar, hamda Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa turdagi hujjatlar.

Sayt – Axborot vositachisi tomonidan Sotuvchiga mazkur Shartnomani amalga oshirish maqsadida taqdim etilgan http://ibazar.uz sayti.


2. Umumiy shartlar

2.1. Mazkur Shartnoma va Internet-do’konlaridagi Tovar taklifi ommaviy oferta sanaladi.

2.2. Saytda Tovarlarga buyurtma berib, ularni sotib olar ekan, Sotuvchi ushbu Shartnomada ko’rsatilgan barcha shartlarga rozi bo’lib, ularni qabul qiladi.

2.3. Tovarlarni sotish joyi – Amerika Qo’shma Shtatlari hududi.

2.4.  Sotuvchi bir-tomonlama tartibda mazkur Shartnomaga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

2.5. Sotuvchi Xaridor bilan oldindan kelishilmagan holda sotish jarayoniga istalgan uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.

2.6. Saytdagi barcha axborot materiallari ma’lumot uchun berilgan bo’lib, Tovarning hususiyatlari to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni bera olmaydi. Buyurtma berilgan Tovar hususiyatlari borasida savollar paydo bo’lgan hollarda, Xaridor qo’shimcha ma’lumot olish uchun Sotuvchiga murojaat qilishi lozim.

2.7. Xaridor Internet-do’konlar saytlarida sotib olingan Tovarni tadbirkorlik maqsadlarida ishlatmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

2.8. Saytdagi yuklarni ortish va yetkazib berish sanalari, narxlar, omborda mavjud mollar va Tovar bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma’lumotlar axborot uchun keltirilgan bo’lib Tomonlarga hech qanday yuridik ta’sir o’tkazmaydi. Tovarlarni yetkashib berish sanalari hamda ularning mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar taxminiy bo’lib, Buyurtma berish vaqtida Tovarlarning Sotuvchi omborida mavjudligini ko’rsatadi.

2.9. Xaridor Tovarlarni Internet-do’kon saytlaridan sotib olishini, hamda Buyurtma berilgandan to Tovar uchun to’lovni amalga oshirishgacha bo’lgan vaqtdan boshlab Tovar sotilib yuborilishi, assortiment va narxlarning o’zgarishini inobatga olgan holda, Tomonlar birlamchi Buyurtma o’zgarishi yoki bekor qilinishi mumkunligiga rozilik bildiradilar.

2.10.  Tovarni Xaridorga yetkazib berish uchun Sotuvchi uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanishi mumkinligi va Xaridor tovarlarni o’zi mustaqil holda olib chiqib ketishining imkoni yo’qligini inobatga olgan holda, Xaridor Buyurtma berish jarayonida Sotuvchi Tovarni yetkazib berish haqqini talab qilingan hajmda to’lab berishga nisbatan hech qanday e’tiroz bildirmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Sotuvchi yetkazib berish haqqini hujjat asosida tasdiqlamaydi.  

3. Tovarga buyurtma berish tartibi

3.1. Tovarni Internet-do’kon saytlaridan sotib olish istagini bildirgan Xaridor Saytda keltirilgan Buyurtma namunasini to’ldirishi lozim. Saytdagi Buyurtma namunasini to’ldirish Xaridor Saytda ro’yxatdan o’tganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

3.1.1. Saytda ro’yxatdan o’tish uchun “Ro’yxatdan o’tish” ustunidagi formani to’ldirish lozim. Xaridorni ro’yhatdan o’tkazish formasida ko’rsatilishi majburiy bo’lgan ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni ko’rsatmagan shaxslar ro’yxatdan o’tkazilmaydi.Saytda ro’yxatdan o’tish va kelgusida Shaxsiy kabinetga kirish uchun Xaridor foydalanuvchi ismi(login) va parolni kiritadi. Xaridor ushbu foydalanuvchi ismi va parolini oshkor qilmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Xaridor bir-tomonlama tartibda Shaxsiy kabinetdagi  “Mening ma’lumotlarim” ustunidagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega. “Mening ma’lumotlarim” ustunida keltirilgan va Xaridorga tegishli bo’lgan ma’lumotlar o’zgargan hollarda, Xaridor  Shaxsiy kabinetdagi  “Mening ma’lumotlarim” ustuniga tegishli o’zgartirishlar kiritishi, yoki Sotuvchi, yohud Axborot vositachisini ushbu o’zgartirishlar to’g’risida xabardor qilishi shart.

3.1.2. Saytda ro’yxatdan o’tgandan so’ng, ushbu Saytda keltirilgan Buyurtma formasini to’ldirish lozim. Buyurtma formasida ko’rsatilishi majburiy bo’lgan ma’lumotlar bor. Ushbu ma’lumotlarni ko’rsatmagan shaxslar Buyurtma bera olmaydilar.

3.2. Buyurtma berish jarayoni Xaridor tomonidan “Buyurtma berish” va “Saqlab qolish” tugmalarini bosish yo’li bilan Buyurtmani tasdiqlashi bilan tugaydi (kelgusida “Buyurtmani tasdiqlash”). Buyurtmani tasdiqlash Xaridor tomonidan Sotuvchining masofadan turib (distantsion) xarid qilish to’g’risidagi  chakana savdo shartnomasini tuzish to’g’risidagi  taklifi (Oferta)ni qabul qilishi (Akseptlash) demakdir. Saytda Buyurtma berish vaqtidan boshlab bir soat ichida Sotuvchi Axborot vositachisi orqali Buyurtmani qabul qilganligini tasdiqlaydi va bunda Sotuvchi bilan telefon yoki elektron pochtasi orqali bog’lanadi. Buyurtmani tasdiqlash Xaridor o’zi tomonidan tanlangan Tovar haqqini to’lashga rozi ekanligini bildiradi.

3.3. Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida berilgan ma’lumotlarning mazmuni va to’g’riligi uchun javobgardir (Saytda Buyurtma namunasini to’ldirish).

3.4. Agarda Buyurtma berish va to’lovni amalga oshirishgacha bo’lgan muddat ichida Internet-do’kon saytidagi Tovar mavjudligi, assortiment, Tovar xususiyatlari va uning narxi bilan bog’liq ma’lumotlar o’zgargan hollarda,  Sotuvchi bu haqida Xaridorni to’g’ridan-to’g’ri yoki Axborot vositachisi orqali xabardor qiladi. Assortiment, Tovar xususiyatlari va narxi borasidagi o’zgartirilgan shartlarni qabul qilgandan so’ng, Sotuvchi Buyurtmani o’zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin. 
 
3.5. Buyurtmani komplektlash uning tasdiqlangani va Sotuvchi Tovar uchun haq olganidan so’ng Sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmani komplektlash uchun maksimal muddat mazkur Shartnomaga ko’ra belgilanadi. Sotuvchiga bog’liq bo’lmagan sabablar bor bo’lganligida, Sotuvchi Buyurtmaning maksimal muddat ichida komplektasiya qilinishiga kafolat bermaydi. Sotuvchi Xaridor tomonidan Internet-do’konda buyurtma berilgan Tovarning Buyurtmani komplektasiya qilish vaqtida mavjudligiga kafolat bermaydi.  
 
 
4. Tovar uchun to’lovni amalga oshirish

4.1. Tovar narxi Internet-do’kon saytlarida ko’rsatiladi. Tovar narxi yetkazib berish qiymatini o’z ichiga olmaydi. Saytda ko’rsatilgan Tovar narxi Internet-do’kon ma’muriyati tomonidan bir-tomonlama tartibda o’zgartirilishi mumkin. Bunda Xaridor tomonidan buyurtirilgan va haqqi to’lab berilgan Tovar narxi o’zgartirilishi mumkin emas. To’lovlar AQSh dollarida amalga oshiriladi. 

4.2. Yetkazib (eltib) berish narxi Saytda ko’rsatiladi.

4.3. Tovar va yetkazib berish haqqini to’lash Xaridor tomonidan 100% li oldindan to’lash tartibida elektron to’lovlar yoki pul o’tkazmalari yo’li bilan operatorlar/provayderlar tizimi orqali, yohud Saytda ko’rsatilgan elektron to’lov va pul o’tkazmalari yo’li bilan amalga oshiriladi. Buyurtma ber’lgan Tovar va yetkazib  berish haqqini to’lash Sotuvchi tomonidan berilgan to’lovni amalga oshirish uchun hisob (invoys) asosida amalga oshiriladi.   


5. Tovarni yetkazib berish. Egalik qilish huquqini o’tkazish

5.1. Tovar  Xaridorga u tomonidan Buyurtma namunasda ko’rsatilgan manzilga quyidagi muddatlarda yetkazib beriladi:
AQSh bo'ylab - 5 dan 7 ish kunigacha.
Toshkent shahri bo’ylab - 2 kun ichida (Toshkentdagi omborga yetib kelgandan keyin)
Buyurtmani umumiy yetkazib berish muddati 10 - 20 kun

Yuqorida keltirilgan yetkazib berish muddatlari Sotuvchi tomonidan bir-tomonlama tartibda unga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra o’zgartirilishi mumkin.

5.2. Tovarlarni Xaridor tomonidan ko’rsatilgan joyga yetkazib berish uchun Sotuvchi kuryerlik kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.  

5.3. Agarda Tovar oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyga yetkazib berilgan bo’lsa, ammo Xaridorning aybi bilan unga topshirilmagan bo’lsa, kelgusida Tovar yetkazib berilmaydi va Buyurtma bekor qilinadi.

5.4. Tovarni Xaridorga yetkazib berishda unga ilova qilingan hujjat (yo’l-transport hujjati va boshqa shunga o’xshash hujjat), hamda Xaridor tomonidan Saytda to’ldirilgan Buyurtma blankasi beriladi.

5.5. Tovarga egalik qilish huquqi Xaridorga uning tomonidan Tovarni Sotuvchidan/kuryerlik xizmati vakilidan qabul qilish vaqtida, Tovarni qabul qilib olganlik to’g’risidagi hujjatlarning imzolanishi vaqtidan o’tkaziladi.

5.6. Agarda Buyurtmani komplektasiya qilishga ajratilgan maksimal muddat (yetkazib berish muddatini hisobga olganda) o’tib ketgan bo’lsa, lekin Sotuvchi Buyurtmani olib keta olmagan bo’lsa, yetkazib berish muddati o’zgartirilishi mumkin. Bunda Sotuvchi Xaridorni Tovar eltib berish muddati uzaytirilganligi to’g’risida xabardor qiladi.

5.7. Xaridor Tovarni uning soni, nomi va sifatiga baho bergan holda qabul qilib oladi va bunda uning to’liqligini Tovar harid qilish hujjatlariga (Buyurtman blankasi) muvofiq tekshiradi. Tovar soni, sifati va/yoki assortimentiga nisbatan hech qanday e’tiroz bo’lmagan hollarda, Xaridor majburiy ravishda Buyurtma blankasiga 2 (ikki) nusxada imzo chekishi lozim. Bunda nusxalardan biri Xaridorga taqdim etiladi. 

5.8. Tovarni faqatgina Buyurtma nomiga yozilgan shaxs qabul qila oladi. Buyurtmani qabul qilish vaqtida Xaridor kuryerga pasportini yoki boshqa turdagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (haydovchilik guvohnomasi yoki harbiy bilet) ko’rsatgan holda o’z shaxsini tasdiqlashi kerak.
 
5.9. Quyidagi hollarda kuryer Xaridorga Buyurtmani bermaslikka haqlidir:
- Buyurtmani qabul qilib olayotgan shaxs shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatmaganida;
- Xaridor Buyurtma blankasiga va/yoki Tovarni eltib berish to’g’risidagi ilova qilingan hujjatga imzo chekishdan bosh tortganida;
- Tovarni Buyurtmada ko’rsatilmagan shaxs qabul qilganida;
- Buyurtmani voyaga yetmagan yoqi layoqatsiz shaxs qabul qilib olayotganda; hamda
- Qonunchilik, mazkur Shartnoma yoki tegishli hujjatlarda belgilangan boshqa  hollarda, jumladan, kuryerlik xizmatini tartibga soluvchi hujjatlarda keltirilgan hollarda.
Yuqoridagi kabi hollarda kuryer Buyurtmani Xaridorga bermaganida, Buyurtma Sotivchiga qaytariladi va bekor qilinadi. Bunda Kuryer oldindan yetkazib berish muddatlari va joyini kelishib oladi.

5.10. Buyurtmani qabul qilish vaqtida Xaridor Buyurtmani to’liq yoki qisman rad etishi mumkin. Buyurtma to’liq yoki qisman bekor qilingan hollarda, Xaridor Buyurtma blankasi va ilova qilingan hujjatga imzo chekishga va uni kuryerga taqdim qilishga majburdir. Xaridor Buyurtmani to’liq yoki qisman rad etganida, Buyurtma kuryer tomonidan Sotuvchiga qaytariladi va Sotuvchi, o’z o’rnida Buyurtmani to’liq yoki qisman bekor qiladi.

5.11. Tovarni eltib berish sharti bilan sotib olish Xaridorga Tovar yuzasidan kafolat muddati ichida xizmat ko’rsatish, uni o’zgartirib berish yoki qaytarish zarurati tug’ilgan kezlarda Tovarni eltib berishni talab qilish huquqini bermaydi. Tovarni eltib berish sharti bilan harid qilishda Tovarni yetkazib berish haqqi qaytarib berilmaydi, hattoki Sotuvchi Xaridorga Tovar haqqini qaytarib berishi kerak bo’lgan hollarda ham.    

5.12. Xaridorga  kuryer tomonidan Buyurtma berilgan va Buyurtma eltib berilganligi to’g’risidagi hujjatlarga (Buyurtma blankasi, ilova qilingan hujjat) tegishli imzolar chekilgan paytdan boshlab Tovarning behosdan buzilishi yoki unga shikast yetish havfi Xaridor zimmasiga yuklanadi.  
 

6. Buyurtmani bekor qilish. Tovarni qaytarish va almashtirish

6.1. Agarda Tovar xususiyatlari, sifati va soniga ko’ra Buyurtmadagi Tovarga mos kelmasa, Xaridor Tovarni qabul qilish vaqtida uni rad etishi mumkin.

6.2. Xaridor Buyurtmani qabul qilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida sifati yomon bo’lgan Tovarni qaytarib berish huquqiga ega.

6.3. Tovar faqatgina kuryerlik kompaniyasi orqali qaytarilishi mumkin.

6.4. Xaridor tomonidan qaytarilgan Tovar uchun to’langan qiymat Xaridorning bank hisob raqamiga o’tkazib beriladi. Bunda bank hisob raqami Xaridor tomonidan Tovarni qaytarsh talabnomasida ko’rsatiladi.

6.6. Agarda Tovar ma’lum alohida xususiyatlarga ega bo’lsa, hamda u faqatgina Xaridor tomonidan qo’llashga yaroqli bo’lsa, Tovar qaytarib olinmaydi.

6.7. Tovar masofadan turib sotib olinishini hisobga olgan holda, sifatli Tovar shunga o’xshash boshqa rangdagi, fasondagi Tovarga o’zgartirilib berilmaydi.

6.8. Tovarni qayatarib berish va almashtirish Tovarni qabul  qilish, almashtirish va qaytarish Tartibiga muvofiq amalga oshiriladi(/usloviya-raboti/vozvrat-i-obmen-tovara).
 

7. Da’vo talablarini bildirish

7.1. Agarda Tovar Xaridorga Shartnomada ko’rsatilgan Tovar soni, assortimenti, sifati, to’liqligi, tara va/yoki o’rami to’g’risidagi shartlarni buzish yo’li bilan topshirilgan bo’lsa, Xaridor Tovarni rad qilishi mumkin. Tovarni qabul qilgandan va Buyurtma blankasi imzolanganidan so’ng Sotuvchi tomonidan da’vo talablari qabul qilinmaydi; bunda Tovarning yashirin kamchiliklari yuzasidan berilgan da’vo talablari istisnodir.  

7.2. Agarda kafolat muddati ichida Tovarning kamchiliklari yuzaga chiqqan bo’lsa, Xaridor Sotuvchiga nisbatan da’vo talabini berishga haqli.

7.3. Tovar Xaridorga eltib berilgan kundan boshlab 5 ish kuni o’tganidan so’ng (kafolat muddati) Sotuvchi Tovarni qabul qilmaydi.

7.4. Agarda Tovar kamchiliklari yuzasidan baxslar kelib chiqqan hollarda, Sotuvchi yoki Xaridor Tovar ekspertizasini o’tkazish huquqiga ega. Agarda Sotuvchi hisobidan o’tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko’ra Tovardagi kamchiliklar Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)aybi bilan kelib chiqmaganligi tasdiqlansa, Xaridor bunday ekspertiza harajatlarini qoplab berishga majbur.
 

8. Javobgarlik

8.1. Saytda buyurtmani to’ldirishda Haridor shunga rozilik beradikim, bunda Sotuvchi tomonidan Buyurtmani qisman yoki to’liq bajarishning imkoni bo’lmaganida, Xaridor Sotuvchidan majburiyatlarni bajara olmaganligi uchun to’lov yoki boshqa jarima qiymatlarini talab qilish yoki buyurtmani bajarmaganlik holatlari bilan bo’gliq boshqa bir zararni qoplab berishni talab qilish huquqiga ega emas. Bunda Shartnomada ko’zda tutilgan holatlar istisnodir.

8.2. Qo’ldan boy berilgan foyda, ma’naviy zarar yoki Buyurtma bajarishni kechiktirish, yohud uni bajarmaslik bilan bog’liq bo’lgan boshqa holatlar yuzasidan bildirilgan da’vo  talablari Sotuvchi tomonidan qabul qilinmaydi.   

8.3. Sotuvchining Xaridor oldidagi javobgarligi Xaridor tomonidan buyurtirilgan Tovar narxi bilan cheklangandir.


9. Boshqa shartlar

9.1. Xaridor Sotuvchiga taqdim etilgan o’zi, manzili haqidagi axborotlar, hamda Tomonlar Tovarni sotishi va uning haqqini to’lashi uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarning to’g’riligiga javob beradi. Agarda Xaridor tomonidan noto’g’ri ma’lumot berilganligi sababli Sotuvchi Buyurtmaga yuzasidan o’z majburiyatlarni bajara olmasa, Sotuvchi Buyurtmani bajarmaganlik uchun javobgar sanalmaydi. Tovarni qayta eltib berish, hamda Sotuvchining boshqa harakatlari Tomonlar kelishuviga binoan, Xaridorga tegishli harajatlarni qoplash majburiyati yuklatilganidan so’ng amalga oshiriladi.

9.2. Buyurtma to’ldirilganidan so’ng Xaridorning rekvizitlari o’zgargan hollarda va bu rekvizitlar Sotuvchi tomonidan Buyurtma bilan bo’gliq o’z majburiyatlarini bajarishi uchun muhim bo’lsa, yoki Xaridor ko’rsatilgan eltib berish manzili va boshqa ma’lumotlarda hato borligini aniqlasa,  u bu haqida Sotuvchini zudlik bilan xabardor qilishi kerak. Xaridor ushbu shartga rioya qilmagan hollarda Sotuvchi Xaridordan Tovarni yangi manzilga qayta yuborish bo’yicha harajatlarni qoplab berishni talab qilishga haqli. 

9.3. Xaridor mazkur Shartnoma shartlarini qabul qilishda, ushbu va Saytda ko’rsatilgan boshqa hujjatlar bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.
 

10. Shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish

10.1. Sotuvchi mazkur Shartnoma va Saytda chop etilgan boshqa istalgan hujjatlardagi shartlarni o’zgartirish huquqiga ega. Bunda Sotuvchi eslatib o’tilgan hujjatlarga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida Xaridorni xabardor qilishga majbur emas. Ushbu Shartnomaga kiritilgan barcha o’zgartirishlar Xaridor tomonidan majburiy ravishda bajarilishi kerak.  O’zgartirishlar Saytda e’lon qilingan paytdan boshlab uch kunlik muddat o’tishi bilan qabul qilingan hisoblanadi.  Xaridor tomonidan yangi tahrirdagi hujjatlar qabul qilinmagan hollarda, u buyurtmani bekor qilishi va Sotuvchini buyurtma bekor qilinganligi to’g’risida xabardor qilishi shart. 
 

11. Baxslarni ko’rib chiqish 

11.1. Sotuvchi va Xaridor yuzaga kelgan barcha baxs va kelishmovchiliklarni muzokara yo’li bilan hal qilish majburiyatini o’z zimmasiga oladilar. Xaridor da’vo talablarini quyidagicha yuborishi mumkin:
- 200-33-00 yoki (+99890) 178-61-41 raqamlariga 9dan 18:00gacha qo’ng’iroq qilgan holda
-  info@ibazar.uz elektron pochtasi orqali  

11.2. Sotuvchi Xaridor da’vo talabini da’voni olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida o’rganib chiqadi.

11.3. Baxsni muzokara yo’li bilan hal qilishning imkoni bo’lmaganda, u Sotuvchi joylashgan joydagi sud tomonidan ko’rib chiqiladi.


12. Intellektual mulk

12.1. Xaridor shuni qabul qiladikim, barcha savdo belgilari, nomlar, patentlar, mualliflik huquqlari, ma’lumotlar bazasi, ro’yhatga olingan va olinmagan obyektlarga nisbatan barcha huquqlar, Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab chiqaruvchilariga, yohud Internet-do’kon egalariga tegishlidir.

12.2. Xaridor  Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab chiqaruvchilariga, yohud Internet-do’kon egalariga tegishli bo’lgan intellektual huquqlarni ro’yhatdan o’tkazish yoki ulardan foydalanish huquqiga ega emas.

12.3. Saytdagi barcha matnli axborotlar va grafik rasmlar Sotuvchi, Tovar ishlab chiqaruvchilari yoki Internet-do’kon egalarining mulki hisoblanadi. Mazkur axborotlardan foydalanish mualliflik huquqini himoya qilish to’g’risidagi qonunchilik bilan ta’qib qilinadi.

12.4. Saytdagi materiallarni qayta bosmadan chiqarish, ularni ko’chirish va tarqatish faqatgina Sotuvchining yozma ruhsati bilan amalga oshiriladi.
 

13. Mahfiylik

13.1. Buyurtma berish yoki Saytda ro’yhatdan o’tishda Xaridor tegishli formalarni to’ldiradi va quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi: ism-sharif, kontakt aloqa raqamlari, e-mail, Buyurtmani eltib berish manzili.

13.4. Sotuvchi va Axborot vositachisi Xaridor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning havfsizligini ta’minlash va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to’g’risidagi qonunchilikka binoan ularni mahviylikda saqlashga majburdirlar.

13.5. Xaridor shunga rozilik bildiradikim, bunda Sotuvchi buyurtmada Xaridor tomonidan ko’rsatilgan elektron pochta manziliga turli xil axborot va reklama xabarlarini yuborishi mumkin. Xaridor bu kabi xabarlarni olishdan bosh tortishi va bunda sabablarni ko’rsatmaslik huquqiga ega. Tegishli Buyurtma yoki unga ishlov berish to’g’risidagi xabarlar Xaridor tomonidan rad etilishi mumkin emas.

 
 
Принимаем к оплате:
      Наши партнеры:

Вход в кабинет

Забыли пароль?

Регистрация

Для регистрации укажите,
пожалуйста, свой адрес электронной
почты (E-mail)

Kalkulyator

Место доставки

Xarid narxi,$

Uzunlik (sm)

Kenglik (sm)

Balandlik (sm)

Faktik vazn

Xajmiy vazn

Posilka og'irligi

Xisob

Xisoblash
Xarid narxi 14 $
Xarid uchun komissiya 15 $
Avia yetkazib berish narxi 7 $
Qo'lingizga yetkazib berish 0 $
Jami 36 $

Sug'urta komissiyaga kiritilgan